"Yoz o'tmoqda soz"

Jizzax viloyat G'allaorol tuman 15-son Bolalar musiqa va san'at maktabida «O'quvchilarning yozgi ta'til davrini mazmunli tashkil etish konsepsiyasi» asosida joriy yilning yoz mavsumida o'quvchilar uchun musiqiy va san'at yo'nalishlarida mashg'ulotlar samarali tashkil qilindi.

Xaftada besh kun davomida o'quvchilar bo'sh vaqlarini mazmunli o'tkazishadi. Maktab o'qituvchilari mashg'ulotlarning qiziqarli va maroqli o'tish uchun astoydil xarakat qilishmoqda.

O'quvchilar musiqiy asboblar bilan tanishuv, chalishni o'rganish, xonandalik, tasviriy san'at va xoreografiya — raqs mashg'ulotlarida zavq bilan ishtirok etishmoqda.

Bundan tashqari bolajonlar uchun har xil konsert dasturlari, raqs kechalari, tasviriy san'atga shaydo o'quvchilarga esa tabiat qo'ynida maxorat saboqlari uyushtirilmoqda.

Bunday ijodiy mashg'ulotlardan ota-onalar ham mamnun.


07:46
Chop qilish

Izoh

Izohlar yo`q. Sizning izohingiz berinchi!