Bayram yarmarkalari

Bayram yarmarkalari

Mustaqillik bayrami oldidan mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Farg‘ona viloyatida tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalari aholiga keng qulayliklar yaratmoqda. 

Qo‘qon shahar dehqon bozori rastalari ham ayni kunlarda fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan yetkazib berilayotgan arzon va sifatli mahsulotlar bilan yanada to‘kinlashgan. Savdo yarmarkalarida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoit yaratilgan. To‘lovni naqd pulsiz amalga oshirish uchun terminallar ishlab turibdi. 
 

Muqimjon Qodirov (surat), O‘zA

16:07
Chop qilish

Izoh

Izohlar yo`q. Sizning izohingiz berinchi!