Ta'lim jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish” mavzusid

Ta'lim jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish” mavzusid

Joriy yilning 22 oktyabr kuni Toshkent shahar Xalq ta'limi bosh boshqarmasi, Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazi hamda Respublika ta'lim markazi hamkorligida umumta'lim maktablarining pedagog xodimlari (ingliz tili, informatika fani o'qituvchilari va maktab direktorlari) uchun «Ta'lim jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish» mavzusida Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi 200-sonli maktabida o'quv seminari o'tkazildi.
Seminarda Toshkent shahar Xalq ta'limi bosh boshqarmasi Metodika markazi direktori Q.Almardonov, Respublika ta'lim markazi Ta'lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo'lim boshlig'i B.Boltaev, Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazining bo'lim boshliqlari S.Mo'minov va A.Nazirbaevlar, bosh mutaxassis A.Pardaev, tajribali informatika fani o'qituvchilari va darslik mualliflari B.Karimov hamda O'zbekiston qaxramoni T.Azlarovlar ma'ruza bilan ishtirok etishdi.
Seminar davomida, tinglovchilarga, umumta'lim maktablariga yetkazilgan zamonaviy AKT va kompyuter texnikalaridan, interaktiv vositalardan, vazirlikning axborot ta'lim portaliga joylashtirilgan elektron ta'lim resurslaridan ta'lim sifat-samaradorligini oshirishda samarali foydalanish, o'quvchilar orasida mediasavodxonlikni oshirish, axborot xavfsizligi, AKTni joriy etish va rivojlantirishdagi muammolar va ularni bartaraf etish choralari, informatika fan xonalariga qo'yilgan talablar, chet tili fan xonalariga keltirilgan texnika vositalaridan samarali foydalanish bo'yicha atroflicha ma'lumotlar berildi.
Umumta'lim maktablariga yetkazilayotgan interaktiv qurilmalarni o'rnatish, sozlash, ularning imkoniyatlaridan dars jarayonida unumli foydalanish usullari amaliy mashg'ulotlarda ko'rsatib berildi.

11:25
Chop qilish

Izoh

Izohlar yo`q. Sizning izohingiz berinchi!