Ko‘rik-tanlovning shahar bosqichi yakunlandi

Ko‘rik-tanlovning shahar bosqichi yakunlandi

Unda Jizzax shahri ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan 14 yoshdan 22 yoshgacha bo'lgan 50 ga yaqin iste'dodli va iqtidorli qizlar ishtirok etishdi.

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti ta'sis etilgandan boshlab respublikamizning barcha hududlaridagi iqtidorli, iste'dodli qizlar mazkur tanlovda ishtirok etib, o'zlarining iqtidorlarini namoyish etib kelmoqdalar.

— Tanlovning shahar bosqichida ishtirok etish uchun 200 nafardan ortiq qizlar ko'rik tanlovkomissiyasiga o'z hujjatlarini topshirgan edilar. Ulardan 48 nafari bugungi tanlovimizda ishtirok etishga tavsiya etildi, — deydi Jizzax shahar xotin-qizlar qo'mitasi bosh mutaxassisi Fotima Mamasiddiqova. – Iqtidorli qizlar san'at, madaniyat, adabiyot, fan, ta'lim yo'nalishlari bo'yicha o'zlarining iqtidor va iste'dodlarini namoyish etishdi.

Tanlov ishtirokchilari har bir yo'nalish bo'yicha guruhlarga bo'lingan holda ishchi guruh a'zolari oldida mahoratlarini namoyish etdi. Ishtirokchilarning iste'dod va mahoratlari baholab borildi.

Hakamlar hay'atining yakuniy xulosasiga ko'ra 5 nafar ishtirokchi adabiyot, madaniyat, san'at, fan va ta'lim yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi. Zulfiya izdoshi bo'lishni orzu qilgan bu iste'dodli qizlar tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritishdi.

11:58
Chop qilish

Izoh

Izohlar yo`q. Sizning izohingiz berinchi!