“Kamolot” Boshlang‘ich tashkilotlari faoliyat samaradorligini oshirishga harakat qilyapti

“Kamolot” Boshlang‘ich tashkilotlari faoliyat samaradorligini oshirishga harakat qilyapti

Boshlang'ich tashkilot uchun yetarli shart-sharoitga ega bo'lgan boshlang'ich tashkilot uchun 2 ta xona ajratilishi tavsiya etildi. Bitta xonada yetakchi, ikkinchi xonada «Kamolot», «Kamalak» va yo'nalish sardorlar faoliyat yuritishi maqsadga muvofiq bo'ladi – dedi tuman Kengashi bosh mutaxassisi M.Rahmatov – shuningdek, boshlang'ich tashkilotga xona tanlashda maktab binosining yoshlar ko'p yig'iladigan yoki yoshlar e'tiboriga yaqin bo'lgan, aniqroq qilib aytganda markaziy hududidan xona ajratilishiga e'tibor qaratish kerak, bu boshlang'ich tashkilotning o'quvchilar e'tiboriga tezroq tushishi, doimiy kuzatuvda bo'lishi va Harakat safiga yoshlarni jalb etishda qo'l keladi.

O'quvda boshlang'ich tashkilot yetakchilari uchun tegishli tavsiyalar berildi: boshlang'ich tashkilot xonasi o'quvchilar e'tiboriga yanada tezroq tashlashini uchun uning eshigining o'ng yoki chap tomonida «Boshlang'ich tashkilot burchagi» tashkil etiladi. Burchakda kamida ikkita stend joylashtirilishi, stendlarda esa devoriy ma'lumotlar bo'lishi kerak.

13:02
Chop qilish

Izoh

Izohlar yo`q. Sizning izohingiz berinchi!